Yoshlar ijod saroyida “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025-yilgi mavsum gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Eng quvonarli jihati gʻoliblarning barchasi qizlar. Bu esa qizlarga berilayotgan eʼtibor, ularning bilimga chanqoqligi va kitobga boʻlgan qiziqishi qanchalik ortganligining belgisi.
Gʻoliblar bilan tanishing:
- Dilbarxon Haydarova — Toshkent shahar “Boʻz” mahallasidan, 10-14 yosh toifasi gʻolibi. Otasi Boʻronov Firuzbek, hisobchi.
- Oʻgʻiljayron Xaldurdiyeva — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani “Kaltaminor” mahallasidan, 15-19 yosh toifasi gʻolibi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi. Otasi Soʻyunov Abajan, yakka tadbirkor, dehqonchilik bilan shugʻullanadi.
- Maftuna Ochilova — Xorazm viloyati, “Nurli hayot” mahallasidan, 20-30 yosh toifasi gʻolibi. Onasi Ochilova Dildora, nafaqada.








