Savolga Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirova javob beradi.

– Dastavval, koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 65 yoshdan yuqori insonlar, tibbiyot xodimlari, maktab oʻqituvchilari, maktabagcha taʼlim muassasa tarbiyalovchilari hamda surunkali xastaliklar kuzatiladigan insonlar orasida olib borilayotgan edi.

Joriy yilning 31-may kunidan boshlab, bu roʻyxatga:

        • Chet elga oʻqishga boradigan talabalar;
        • Ommaviy axborot vositalari (jurnalistlar, blogerlar);
        • Yozuvchilar;
        • Teleradiokompaniyada xizmat qiluvchi xodimlari qoʻshildi.