Yangi yil bayrami oldidan “Quva Tekstil" MCHJda yirik investitsiya loyihasi foydalanishga topshirildi.
Loyihaning yillik ishlab chiqarish quvvati 2,5 ming tonna tayyor sochiq mahsulotlarini tashkil etadi.
Ishga tushirilgan loyihaning umumiy qiymati 11 million dollar boʻlib, shundan, tadbirkorning oʻz mablagʻi hisobidan 4 million dollar yoʻnaltirilgan boʻlsa, qolgan 7 million dollar qismi uchun bank krediti taqdim etildi.
Korxonaga mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun Italiyaning “ITEMA” va “SAVIO POLOR” korxonalari, Germaniyaning “OIRLYCON” korxonasi hamda Shveysariyaning “RIETER” korxonasidan uskunalar olib kelingan.
Yangi loyihaning ishga tushishi natijasida 450 ta ish oʻrni yaratildi, korxonadagi jami ishchilar soni qariyb 1300 taga yetdi.
Yangi liniyaning ishga tushishi hisobiga korxonaning yillik eksporti hajmi 32 million dollarga yetishi maʼlum qilindi.