Oʻzbekiston tumanida 37 nafar ayol imtiyozli kredit asosidagi tikuv mashinalari hamda chorva hayvonlariga ega boʻldi
Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumanida “Ayollar daftari”ning 2-bosqichi ishlari izchil davom etmoqda.
Mazkur jarayonlarning 2-bosqichida tumanda 2803 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga turli yoʻnalishlarda yordamlar koʻrsatilishi belgilangan.
Ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida shu kungacha, 189 nafarining bandligi taʼminlandi, tibbiy himoyaga muhtoj 33 nafar ayollar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklardan oʻtkazildi, 531 nafar ayollarga huquqiy, 492 nafariga psixologik maslahatlar berildi.
Kuni kecha ushbu daftarga kiritilgan, tadbirkorlik qilish uchun kredit olishda amaliy yordam soʻragan 37 nafar xotin-qizlarga AT “Agrobank” Oʻzbekiston filialining imtiyozli kreditlari asosida jami 438 million soʻmlik tikuv mashinalari, mikrotoʻlqinli pech hamda qoʻylar yetkazib berildi.