Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan 2022-yil 1-oktyabrgacha mahallalarda barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari” (maskanlar) negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi.
Eksperiment doirasida:
- tadbirkorlarga beriladigan maskanlar va ularning binolari atrofida 6 kvadrat metrgacha “Elektron kuzatuv maskanlari” joylashtiriladi, qolgani tadbirkorlik uchun 5 yil muddatga ijaraning “nol” stavkasi asosida beriladi;
- maskanlar ijara shartnomasi asosida beriladigan tadbirkorlar “E-auksion” platformasida elektron tanlov oʻtkazish orqali aniqlanadi;
- ijara muddati tugagandan soʻng maskanlarning binolari mahallaga mulk huquqi asosida qoldiriladi.
Shunga koʻra, hududlarda tegishli 38 ta mahalladagi maskanlar “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga ijara huquqi asosida beriladi.