Baʼzi hollarda, moliyaviy qiyinchilik, eʼtiborsizlik, ota-onaning hujjatlari (pasport, nikoh guvohnomasi)ning mavjud emasligi va x.k sabablar tufayli tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma vaqtida olinmaydi. Bu holat kelgusida bola uchun nafaqa olishda, fuqarolikni belgilashda, uni bogʻchaga, maktabga berishda muammolar, ovoragarchiliklarga sabab boʻladi,
Koʻkdala tumanida yashovchi Norgul Rahmonqulova ham 4 nafar farzandning onasi. Ota-onasining eʼtiborsizligi sababli vaqtida hujjat ololmagan fuqaro turmushga chiqib, farzandli boʻlganida hujjatlar kerak boʻlishini anglab yetdi va tuman FHDYO boʻlimiga oʻziga va farzandlari uchun guvohnoma soʻrab murojaat qildi.
N.Raximqulova guvohnomasi yoʻqligi sabab, ancha sarson boʻlganini, hatto farzandlariga mahalladan yordam pullari ololmaganligi aytadi. Koʻkdala tuman FHDYO boʻlimi tomonidan fuqaroga tez fursatda guvohnomalar rasmiylashtirilib berildi.