Mamlakat Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu zavodga tashrif buyurib, hosil bo'lgan mahsulotni tatib ko'rdi. U Isroil tez orada muqobil oqsillar sohasida yangi yechimlarni taqdim etishini ma'lum qildi, deyiladi mir24.tv saytida.

Stakeholder Foods go'sht mahsulotlarini laboratoriya sharoitida ishlab chiqaradi. Uning saytida turli xil printerlar mavjud.

Netanyaxuning aytishicha, hukumat bu sohadagi kompaniyalarga o'z texnologiyalarini rivojlantirish va oldinga siljishda yordam bermoqda.

“Bugun biz baliqsiz ishlab chiqarilgan baliqni, sigirsiz ishlab chiqarilgan go'shtni yedik. Bu inqilob”, deydi u.