2020-yil 9-noyabrda Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Xovos tumani hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro Xovos tumanida yashovchi fuqaro bilan oʻzaro til biriktirib, Mirzaobodlik fuqaroning 4 kunlik qiz farzandini Guliston shahrida yashovchi boshqa bir shaxsga 20 ming dollar pul evaziga sotayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olingan.
Tadbir davomida bola sotayotgan shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida 20 ming dollar olingan.
Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilyapti, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati.