Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasining Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2017-2021-yillar oraligʻida jami 9491 bosh yoʻrgʻa tuvaloq tabiatga qoʻyib yuborilgan. Yoʻrgʻa tuvaloqlar 2009-yilda Oʻzbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan.

Yoʻrgʻa tuvaloq yurtimizda asosan Qizilqum choʻlida, Ӯzbekistondan tashqarida Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkaz orti, Misr, Gʻarbiy Osiyo, Moʻgʻulistonda uyalaydi.

Choʻllarga bahorga yaqin uchib keladi. Har biri 2, 3 donadan tuxum qoʻyadi va 21, 25 kun davomida bosib yotadi. Polaponlari iyun-iyul oylarida ucha boshlaydi.

Ayni paytda mamlakatimizda bu noyob qushlarni maxsus pitomniklarda koʻpaytirib, tabiat bagʻriga qoʻyib yuborish ishlari yoʻlga qoʻyilgan.