Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz platformasiga respublikaning 70 dan ortiq vazirlik va idoralari, barcha tuman (shahar) hokimliklari ulangan.
Bugunga qadar mavjud vakant lavozimlar boʻyicha jami 100 mingga yaqin tanlov eʼlon qilinib, ushbu lavozimlarga jami 1 157 338 nafar nomzod hujjat topshirgan.
Tanlov gʻoliblarining 14 563 nafarini 30 yoshgacha boʻlganlar, 14 341 nafarini ayollar, 6 603 nafarini davlat fuqarolik xizmatiga birinchi marotaba qabul qilinganlar tashkil etadi.