Sifati kafolatlanmagan parfyumeriya vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Oʻtkazilgan tadbir davomida xorijiy davlat fuqarolari B.O. va M.V. tomonidan ijaraga olingan uylar oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.
Tekshiruv davomida mazkur xonadonlarda umumiy qiymati 415,5 million soʻmlik 4155 dona “California” brendi ostidagi sifati kafolatlanmagan parfyumeriya vositalari saqlanayotganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.