Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida oʻquvchilarni jismoniy harakatlanishga yoʻnaltirish orqali ularni salomatligini mustahkamlash qaratilgan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilishga start berilmoqda.

Joriy yilining noyabr oyida 416 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9- va 11-sinf oʻquvchilaridan sport sinovlari qabul qilinadi.

Sport sinovlarini qabul qilishda oʻquvchilarning chidamli — chidamlilik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi;

kuchli – kuch imkoniyatlarining rivojlanish darajasi;

egiluvchan – egiluvchanlik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi;

tezkor – tezlik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi koʻrsatkichlari baholanadi.

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻquvchilar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan loyiha hisoblanadi va tez orada umummilliy harakatga aylanadi.

2024-yil mart-aprel oylarida esa barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi-yoshlaridan sport imtihonlari olinadi.