Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan "Chinor" muntazam yoʼl patrul xizmati maskanida xizmat oʼtayotgan Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX inspektori serjant B.Аbjalov joriy yil 25 avgust kuni Namangan–Toshkent yoʼnalishida harakatlanib kelayotgan, haydovchi, Fargʼona viloyatining Qoʼqon shahrida yashovchi M.А. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli davlat raqam belgisi 40 D 260 VA boʼlgan transport vositasini toʼxtatgan.

YPX inspektori tomonidan ushbu avtoulovni koʼzdan kechirish jarayonida avtomobil yuk xonasida hech qanday hujjatlarsiz chet davlatda ishlab chiqarilgan 490 quti “Mond” va 4000 quti har xil turdagi “Milano” nomli tamaki mahsulotlari olib ketayotganligi aniqlangan.

Ushbu holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, haydovchi, avtoulov va tamaki mahsulotlari holat yuzasidan qonuniy chora koʼrish maqsadida Ohangaron tumani ichki ishlar boʼlimiga topshirilgan.