“Oʻzneftgazkuduktaʼmirlash” AJ mutaxassislari tomonidan ushbu quduqning 2530-2568 metr intervallar oraligʻi perforatsiya qilindi.
Tezkor maʼlumotlarga koʻra, quduqni oʻzlashtirish natijasida kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1 tonna gazkondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
Maʼlumot uchun: “Shimoliy Shodi” gaz kondensat koni Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida joylashgan boʻlib, quduq 1976-yildan buyon konservatsiya quduqlar majmuasida boʻlgan.
Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati