Endilikda soliq to‘lovchining bir turdagi soliq qarzi va boshqa turdagi soliqdan ortiqcha to‘lovi yuzaga kelgan kunning ertasiga avtomatik tizim hisobga olish haqida xulosa shakllantirib, tuman G‘aznachilik bo‘limlariga 1-5 kungacha muddatda ijro etish uchun yuboradi.
Bu haqda soliq to‘lovchi shaxsiy kabineti orqali xabardor etiladi.
Yangi xizmat yordamida joriy yil may oyida 127 mingdan ortiq yuridik shaxs 49,3 mlrd soʻmlik soliq majburiyatlarini bajardi.
Ayni paytda yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun boshqa soliqlar bo‘yicha ham ushbu jarayonni avtomatlashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.