Buni Oʻzbekiston fuqarolarini xorijda ish bilan taʼminlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Qozogʻiston Respublikasi ish beruvchilari oʻrtasida olib borilgan muzokaralar natijasida fuqarolarimizni ushbu davlatga ishga jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishilganida ham koʻrish mumkin.

Kelishuvga muvofiq, 7-mart kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 490 nafar fuqaro “Dovud ota” chegara posti orqali yirik qurilish obyektlarida belgilangan epidemiologik talablarga rioya qilgan holda ishlash uchun Qozogʻiston Respublikasining Aqtau shahriga tashkillashtirilgan holda joʻnab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali xodimlari tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, bepul sugʻurta polisi va xizmat koʻrsatish shartnomasi rasmiylashtirildi. Mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berildi.