Ularni ishlab chiqishda xalqaro dasturlar tomonidan oʻquvchilarning muvaffaqiyatlarini baholashda qoʻllaniladigan namunaviy topshiriqlar oʻrganib chiqildi va asos qilib olindi (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA).
Oʻquv metodik komplekslar faol oʻquv jarayoni uchun toʻliq materiallar toʻplami: darsliklar, mashq daftarlari, oʻqituvchilar uchun uslubiy qoʻllanmalarni oʻz ichiga oladi.
Shuningdek, Estudy elektron taʼlim platformasi ham ushbu tizimga uygʻun tarzda qiritilgan. U matematika, tabiatshunoslik, informatika kabi fanlar boʻyicha oʻquv kurslarni hamda egallangan bilimlarni mustahkamlash uchun 300 dan ziyod ongni oshiradigan oʻyinli vazifalarni oʻz ichiga oladi.
Platformadan dars davomida ham, boʻsh vaqtda ham foydalanish mumkin. Oʻquvchilar uning yordamida oʻzlashtirgan materialni mustahkamlash bilan birga, mustaqil ravishda dasturdan ilgarilab ketishlari ham mumkin. Platforma TAS-IX tarmogʻida joylashtirilgan, bu esa undan bepul foydalanish imkonini beradi.
Oʻquv-metodik komplekslar Android, IOS platformalari va “Matematika” va “Alifbo” mobil ilovalari uchun oʻzbek va rus tillarida ongni oʻstiradigan oʻyinlar toʻplamiga ega interfaol oʻquv dasturini ham oʻz ichiga oladi.
Eʼtiborlisi, 1-3 sinflar uchun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi, xususan, tasviriy sanʼat, oʻzbek tili va musiqiy savodxonlik boʻyicha kitoblar kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan.
Bu oʻquvchilarni fanga yanada koʻproq qiziqtirish hamda bugungi oʻsmirlar hayotida muhim boʻlgan gadjetlarni foydali vositaga aylantirish maqsadida ishlab chiqildi. Kengaytirilgan reallik ilovasi 1-marta yuklab olinadi va oflayn rejimida ishlaydi.
Ushbu darsliklarda nafaqat fanlar, balki 21-asrda zarur boʻlgan hayotiy koʻnikmalar ham oʻrgatiladi.
Ayni damda kitoblar yosh psixologiyasini hisobga olgan holda, ishlab chiqilgan. Masalan, birinchi sinfda taʼlim jarayoniga koʻproq oʻyin orqali yondashiladi, maʼlumotlar asosan koʻrsatish-vizual tarzda yetkaziladi.