Navoiy-Buxoro yoʻnalishidagi temiryoʻlda kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2021-yil 25-avgust kuni soat 7:28 da Toshkent-Buxoro yoʻnalishida qatnovini amalga oshiradigan 762-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining harakat jadvalida bir martalik oʻzgarish boʻladi.

Unga koʻra mazkur poyezd shu kuni Toshkentdan Navoiygacha harakatini amalga oshiradi. Yoʻlovchilar Navoiydan Buxorogacha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan tashkil qilinadigan maxsus avtobuslarda olib boriladi.

Joriy yil 25-avgust kuni Buxoro-Toshkent yoʻnalishida qatnovini amalga oshiradigan 761-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdi oʻz vaqtida harakatini amalga oshiradi. Shuningdek, boshqa poyezdlar harakat jadvalida ham oʻzgarish boʻlmaydi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yoʻlovchilardan uzr soʻraydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati