Savol:

— Men oʻzimning bogʻimda 5 sotik limonariya qilgandim, shuni yana kengaytirmoqchi edim, shunga qanday subsidiya olsam boʻladi?

Javob:

— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi “Limonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-46 10-sonli qarorining 5-band, b-kichik bandida 2020-yil 1-martdan boshlab kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning har bir sotixi uchun 300 ming soʻmdan oshmaydigan miqdori “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi” hisobidan subsidiya sifatida qoplab berilishi belgilangan. Yuqoridagilarga koʻra, subsidiya olish shartlari boʻyicha “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish” agentligiga murojaat qilishingiz mumkinligi bildiriladi.