Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, yurtimizga uchib kelgan fuqaro S.A. tomonidan konfetlar orasida yashirincha olib kelingan 10 dona selofan paketchalardagi oʻrami bilan ogʻirligi 175 grammga teng boʻlgan “geroin” giyovandlik vositasi hamda 16 dona selofan paketchalardagi oʻrami bilan ogʻirligi 405 grammga teng boʻlgan “gashish” giyovandlik vositasini fuqaro M.A. qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ish qoʻzgʻatilgan.