Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “O-D.” MCHJ rahbari Yu.R. savdo doʻkoni va omborxonasida umumiy bahosi 101,4 mln soʻmlik 23 xil turdagi 6 580 quti xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.