Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Mirobod tumanidagi “P.S.” MCHJ rahbari O.B. va sotuvchisi R.A. oʻzaro til biriktirib, savdo doʻkonida xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 265,7 mln soʻmlik elektron va aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻygani aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Olmazor tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.S.” MCHJ rahbari S.Gʻ.ning savdo doʻkonidan 14 turdagi umumiy bahosi 126,5 mln soʻmlik, 6 998 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


