Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati tomonidan maʼlum qilindi.

Toshkent-Dubay-Toshkent
Toshkent-Nyu-York-Toshkent
Toshkent-Tokio-Toshkent

Roʻyxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qoʻyiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin boʻladi.

Oʻzbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar oʻz xohishiga koʻra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul taʼminlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada oʻtkazishi mumkin.