баннер
21 Apr 2025
14:40

    Uzbekistan Airways Toshkent – Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yoʻlovchilarni qabul qilishni toʻxtatadi

    Bunga “Haj 2025” dasturi boshlanishi sabab boʻldi

    2025-yil 14-apreldan boshlab, “Haj-2025” dasturi doirasida Uzbekistan Airways Toshkent–Jidda–Toshkent yoʻnalishidagi reyslarda Umra vizasiga ega yoʻlovchilarni qabul qilishni toʻxtatganini maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, 2025-yil 14-apreldan boshlab aviakompaniya reyslari orqali Saudiya Arabistoniga borayotgan barcha yoʻlovchilar Toshkentga qaytish chiptasiga ega boʻlishi va 2025-yil 30-aprelgacha mamlakat hududini tark etishi shart.

    Agar 30-apreldan keyin Saudiya Arabistonida qolgan yoʻlovchilar aniqlansa, jarimalar uchun javobgarlik agent yoki yoʻlovchining zimmasiga yuklanadi.

    Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi aylanmasiga muvofiq, Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent – Jidda – Toshkent reyslari 2025-yil 30-apreldan boshlab bekor qilinadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech