Boshiga kelgan sinovlar va boshqa muammolar sabab na tugʻilganlik guvohnomasi va na shaxsini tasdiqlovchi pasport ololgan. 

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida tuman markazidan 120 kilometr uzoqlikdagi “Sahoba” mahallasida yashovchi 60 yoshli fuqaroning ana shu muammosi roʻyxatga olinib, unga amaliy yordam koʻrsatildi.

Tuman FHDYO boʻlimi tomonidan zarur hujjatlar toʻplanib, dastlab tugʻilganlik guvohnomasi berildi. Keyin shu asosda ID-karta olishga koʻmaklashildi. Bir loyihada bir fuqaroning ikki hujjatli boʻlishiga erishildi. Uning hayotida endi tub burilish: Mahmadali Bobojonov fuqaro sifatida barcha huquq va imkoniyatlardan rasman foydalana oladi.

Maʼlumot uchun, aksiya doirasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshchiligida viloyatdagi 574 ta MFY larda xatlov oʻtkazilib, xatlov natijasida 1284 ta fuqaroning hujjatga ega emasligi aniqlangan. Shundan 892 tasiga hujjatlar rasmiylashtirib berilgan. Bundan tashqari, 1125 ta davlat xizmatlari sayyor tartibda koʻrsatilgan.