Tekshiruvda, AT “Xalq banki” Sardoba filiali sobiq xodimlari A.M., N.S., O.T. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, 54 nafar fuqaroning xabardorligisiz ular nomiga 1,2 mlrd soʻm kredit ajratilishiga erishib, oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi, shuningdek, 7 nafar bank mijozlari tomonidan kredit qarzdorligini soʻndirish maqsadida topshirilgan 18 mln soʻm naqd pulni bank kassasiga kirim qilmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.