6,3 mln nafar aholi yurak-qon tomir kasalligi va qandli diabet bo‘yicha skriningdan o‘tkaziladi

    Mamlakatimizda tibbiyotning onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida salmoqli natijalarga erishilmoqda. Joriy yil esa mazkur sohadagi ishlar qamrovi yanada kengayadi.

    Buning uchun onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi.

    Bunda, tug‘uruq komplekslarini ta’mirlash, ularni zarur uskunalar bilan jihozlash va tug‘uruq o‘rinlari sonini mavjud 11 mingtadan 15 mingtaga yoki 35 foizga oshirish ko‘zda tutilgan.

    46 ta tumanlararo perinatal markazlarini jihozlashga 5,2 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.

    Shuningdek, 2023 yilda bolalarning ham aqliy, ham jismoniy, rasional va sog‘lom rivojlanishi, ayollarda kamqonlik va tug‘ma nuqsonlarning oldini olish maqsadida bolalarni hamda o‘smir qiz va homilador ayollarni vitamin va dori vositalari bilan bepul ta’minlashga 145 mlrd. so‘m yo‘naltiriladi.

    18-40 yoshli 12,6 mln. nafar aholi profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

    40 yosh va undan katta yoshdagi surunkali kasalligi bo‘lmagan 6,3 mln. nafar aholi yurak-qon tomir kasalligi va qandli diabet bo‘yicha skrining tekshiruvlari bilan qamrab olinadi.

    9 mln. nafar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va o‘rta maktab o‘quvchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.