Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova oʻzining telegram kanalida maʼlum qildi.

Terma jamoa umumiy hisobda 4 ta kumush, 1 ta bronza jami — 5 ta medalni qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblarimiz bilan quyida tanishing:

  • Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf oʻquvchisi (kumush medal),
  • Asadbek Boboqulov – “Artel Technical School” NTMning 11-sinf oʻquvchisi (kumush medal),
  • Rasulbek Gʻafforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf oʻquvchisi (kumush medal),
  • Behruz Elmurodov – Mirishkor tuman 21-maktab, 11-sinf oʻquvchisi (kumush medal),
  • Ozodbek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf oʻquvchisi (bronza medal),
  • Umarbek Ubaydullayev – Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, 7-sinf oʻquvchisi (Honourable mention).

Maʼlumot uchun, ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori boʻlgan oʻquvchilar quyidagicha taqdirlanadi:

2-oʻrin uchun:

  • oʻquvchilarga — 562 mln 500 ming soʻmdan (1 ming 500 baravar);

3-oʻrin uchun:

  • oʻquvchilarga — 375 mln soʻm (1 ming baravar).

Eslatib oʻtamiz:

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Matematika Olimpiadasida jami 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.