Olimpiada ikki turda oʻtib, unda jami 8 ta masala 7 balldan baholandi, yechish uchun jami 4 soatdan vaqt ajratildi. Olimpiadada ikki xil yosh toifasidagi yoshlar (junior) va kattalar (senior) oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Olimpiadada gʻolib boʻlgan oʻquvchilarimiz roʻyxati bilan tanishing:

Anvarbek Rahmatov, oltin medal, Buxoro viloyati, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabi,10-sinf oʻquvchisi;

Jasurbek Roʻziboyev, kumush medal, Buxoro viloyati, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabi,11-sinf oʻquvchisi;

Iskandar Boʻriyev, kumush medal, Toshkent shahri, Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi,11-sinf oʻquvchisi;

Jaloliddin Xolmatov, kumush medal, Toshkent shahri, Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi,11-sinf oʻquvchisi;

Nurmuhammad Otamurodov, kumush medal, Buxoro viloyati, Olot tumani, 31-IDUM, 9-sinf oʻquvchisi;

Ozodbek Axtamov, kumush medal, Toshkent shahri, Al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf oʻquvchisi;

Madina Suyunova, bronza medal, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, 1-IDUM 9-sinf oʻquvchisi.