— Ochig'ini aytish kerak, bugun biz kutayotgan masalalardan tashqari butunlay yangi masalalar, vazifalar ham oldimizga qo'yildi. Jumladan, 7 ta yo'nalishdagi asosiy masala va muammolar echimi belgilab berildi. Shundan oltinchisi tibbiyot sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasi bo'lib, bunga bevosita tibbiy oliy ta'lim muassasalari mas'ul. Shundan kelib chiqib, olis qishloqlarga borib, uch yil ishlagan bitiruvchilarga klinik ordinaturaga imtiyozli kirish imkoniyati berilgani katta voqea bo'ldi. Bu talabalarimizni ruhlantirgani shubhasiz. Olis qishloqlarda tor soha mutaxassislariga ehtiyoj katta. Mana rag'bat tufayli bitiruvchilarimizning borishi bo'sh o'rinlarni to'ldirishga juda katta yordam beradi.
Tibbiy ta'limga e'tibor qaratish, bugungi ehtiyojdan kelib chiqib, yangiyangi mutaxassisliklar ochish, ayniqsa, ehtiyoj yuqori bo'lgan yo'nalishlarda kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda, albatta, xorij tajribasini hisobga olgan va puxta o'rgangan holda o'quv rejasi va dasturlarni ko'rib chiqishimiz, takomillashtirishimiz, davr talabiga moslashtirishimiz kerak. Prezidentimizning tibbiyot xodimlarini tayyorlashda o'qish, izlanish va yangilikka intilish zarurligi haqidagi fikri alohida e'tiborga molik. Mana shu tavsiyadan kelib chiqib, biz ilmfan, ta'lim bilan shug'ullanadigan yoshlarga yaxshi sharoit yaratib berishimiz, ilmiytadqiqoti natijasini, yangi g'oyalarini amaliyotga tatbiq etish muddatini qisqartirishimiz zarur. Shundagina sa'y harakatlarimizning samarasi amaliyotda yaqqol ko'rinadi.
Madamin MADAZIMOV,
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori