Soʻnggi uch yilda IT sohasiga qaratilgan jiddiy eʼtibor natijasida maʼlum oʻzgarishlarga erishilgani taʼkidlandi.
Masalan, oʻtgan yilda IT Park rezidentlari 5 trillion soʻmlik xizmatlar koʻrsatdi (2021-yilda 2,5 trillion soʻm), 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qildi (2021-yilda 50 million dollar).
Shu bilan birga, mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga oʻtkazilib, bu xizmatlardan oʻtgan yili 12 million aholi foydalandi (2021-yilda 9 million boʻlgan).
Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi maʼlumot va hujjatlar aholidan talab qilinishi bekor qilindi.