Ular koʻtargan asosiy masalalar – kredit va moliyaviy yordamni kengaytirish (jami murojaatlarning 26 foizi), biznesni joy va infratuzilma bilan taʼminlash (21 foiz), soliq tizimini soddalashtirish (10 foiz), tekshirishlar va ortiqcha byurokratiyani keskin qisqartirish (8 foiz) bilan bogʻliq.

Oldingi ochiq muloqotlarga tayyorgarlik davomida koʻtarilgan masalalarning 80 foizi individual xususiyatga ega boʻlib, koʻplari joyida hal qilingan edi. Bu safar 70 foiz tadbirkorlar tizimli muammolarni yechimlari bilan taklif qilishmoqda.

Tadbirkorlarimiz faqat oʻziga emas, butun sohaga naf keltiradigan masalalarni koʻtarayotgani quvonarli, dedi davlatimiz rahbari va ochiq muloqot natijalari boʻyicha qabul qilinadigan qarorlarda bularning barchasi inobatga olinishini taʼkidladi.