8-avgustgacha Toshkent-Ostona-Toshkent yo‘nalishida samolyotlar odatdagi jadval bo‘yicha uchmaydi

    Ostona xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi ta’mirlash ishlari munosabati bilan, "Uzbekistan Airways"ning Toshkent-Ostona va Ostona-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlar jadvalida majburiy o‘zgartirish bo‘ladi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Ma’lum qilinishicha, 2023-yil 8-avgustga qadar Toshkent-Ostona-Toshkent yo‘nalishida qatnovlar quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

    Dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari:

    Toshkentdan uchish: 19:30 (Toshkent vaqti bilan)

    Ostonaga yetib kelish: 22:30 (Ostona vaqti bilan)

    Ostonadan uchish: 23:35 (Ostona vaqti bilan)

    Toshkentga yetib kelish: 00:35 (Toshkent vaqti bilan).

    Juma kunlari esa:

    Toshkentdan uchish: 06:55 (Toshkent vaqti bilan)

    Ostonaga yetib kelish: 09:55 (Ostona vaqti bilan)

    Ostonadan uchish: 11:00 (Ostona vaqti bilan)

    Toshkentga yetib kelish: 12:00 (Toshkent vaqti bilan).

    "Vaqtinchalik noqulayliklarni to‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz", - deyiladi rasmiy xabarda.