«Ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar oʻrtasidagi salbiy holatlar aks ettirilgan 201 ta videorolik ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻlgan.

Kadrlar bosh boshqarmasi hamda Oʻzxavfsizlik boʻlinmalari bilan hamkorlikda har bitta holat boʻyicha tekshirish oʻtkazib, 87 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan. Shundan 8 nafari ichki ishlar tizimidan boʻshatilgan. 20 nafari esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Shu oʻrinda, 201 ta videorolikdan 84 ta holatda xodimlar aybi tasdiqlanmagan va 22 ta holat boʻyicha fuqarolarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik, 9 ta holatda jinoiy ish qoʻzgʻatilgan».