8-sinf oʻquvchisi xalqaro “Vanda” tanlovining gʻolibi boʻldi

    Keyingi avlod 29 Noyabr 2021 780

    Toshkent shahridagi prezident maktabining 8-sinf oʻquvchisi xalqaro “Vanda” tanlovining gʻolibi boʻldi.

    Bu haqda Prezident taʼlim muassasalari agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Maʼlumot oʻrnida, “Vanda” tanlovi har yili 3-11 sinf oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Ushbu tanlov oʻquvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, oʻquvchilarning tabiatshunoslik, fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha bilimi sinovdan oʻtkaziladi.