Hujjat loyihasiga koʻra:

— abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda uchtagacha akademik litseyning taʼlim tili bir xil boʻlgan bittadan mos yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi;

— abituriyent oʻzi tanlagan hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi;

— fan olimpiadalari, tanlovlar gʻoliblari va umumtaʼlim fanlarini oʻzlashtirish sertifikatiga ega boʻlganlar uchun imtiyozlar qoʻllanadi.