Ushbu “mayning-ferma” shahar elektr tarmoqlari bilan shartnoma tuzmasdan, 21 dona faol mayning qurilmalarini oʻrnatib, elektr tarmogʻidan noqonuniy foydalanishi natijasida 900 mln soʻm miqdorda moddiy zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Q.B.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi 4-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.