Past boʻyli, ammo hatti-harakati ishonchli bu 92 yoshli ayol 30 yildan buyon gazeta tarqatish bilan shugʻullanadi.
1934 yil
tugʻilgan Yosie gazeta tarqatuvchi eng
keksa ayol sifatida Ginneslar kitobiga kiritilgan. U maktabni tugatgach
qarindoshlari boshqaradigan tibbiyot klinikasida ishlagan.
Uning aytishiga qaraganda gazeta tarqatish bilan tasodifan shugʻullana boshlagan:
“Uyimizdan uzoq boʻlmagan gazeta tahririyatidagilar mendan gazetalarni tarqata
olasizmi deb soʻrashdi. U paytda ishsiz edim va shu bois ikkilanmay rozi boʻlganman”.
Keksa ayol gazetalarni
tarqatish uchun 1,5 kilometr yoʻl bosib keladi va buning uchun bir yarim soat vaqt ketadi. Yetkazib
berish vaqtida u qoʻl aravachasidan foydalanadi. Qor yoqqanda aravachani torta olmagani
sababli gazetalarni yelkasida tashiydi. Albatta,
bunday hollarda barcha gazetani yelkasida yetkazib berish uchun ikki marta qatnashga toʻgʻri keladi.
Yangi joyga
koʻchib oʻtgandan keyin ham gazeta tarqatishning yaxshi tomonlarini ilgʻaganini
aytadi. Yoʻl-yoʻlakay atrof hududni yaxshiroq oʻrganganini, koʻp kishilar bilan
suhbatlashib tanishganini mamnuniyat bilan soʻzlab bergan. U bolaligidan erta tong oʻrganigani
uchun bu borada hecham nolimaydi.