Ushbu sababli ushbu kasallikning keng tarqalib ketishining oldini olish maqsadida “Zomin” MFY Xavotogʻ aholi yashash punktida hududida 2022-yilning 8-iyuldan 2022-yil 18-iyulga qadar — karantin eʼlon qilingani aytilgan. Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bayonot berdi.
Bayonotda keltirilishicha, haqiqatdan ham xalqaro kasalliklar klassifikatsiyasi (MKV-10) boʻyicha A-22 kasalligi bilan Sardoba tuman “Zomin” MFY Xovotogʻ aholi yashash punktida yashovchi fuqaro B.A.da aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, mazkur xastalik odamdan odamga yuqmaydi. Faqat shu kasallik bilan kasallangan yirik va mayda shoxli qoramollarni soʻyish jarayonida odamga yuqadi.
Hozirda Sardoba tuman “Zomin” MFY hududidagi barcha yirik va mayda shoxli mollar kasallikga qarshi veterinariya xodimlari tomonidan emlash ishlari olib borildi.
Yuqoridagi kasallikda karantin faqatgina yirik va mayda shoxli qora mollarga tadbiq qilinadi.
Hozirda epidemiologik vaziyat barqaror xavotirga oʻrin yoʻq.