Ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, Vazir Elchini lavozimga kirishishi bilan tabrikladi va masʼuliyatli vazifasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chogʻida siyosiy-diplomatik, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Oʻzbekiston va Dominikana hamkorligini faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar oʻrtasida BMT va Amerika davlatlari tashkiloti doirasidagi hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.