Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Pokiston strategik sherikligining bugungi holati va tomonlarni qiziqtirgan sohalarni har jihatdan rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki davlat rahbarlari oʻrtasida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Turli darajadagi boʻlajak rasmiy uchrashuvlar jadvali koʻrib chiqildi.