Abdulaziz Komilov “Tolibon” hukumati yuritayotgan siyosat haqida gapirdi

    Siyosat 29 Oktabr 2021 2410

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Rossiya 24” kanaliga bergan intervyusida “Tolibon” hukumati haqida fikr bildirib oʻtdi.

    Bu haqda “Nigoh” xabar berdi.

    Maʼlum boʻlishicha, vazir Afgʻoniston mintaqaviy oila va xalqaro hamjamiyatning bir qismi boʻlishga loyiqligini taʼkidlab oʻtgan.

    «Reallikni anglagan holda Afgʻoniston yangi hukumati haqiqatan ham mintaqaviy va kengroq xalqaro hamjamiyatga qoʻshilish niyatida. Bugun ʻTolibonʻ harakati ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirmoqda.

    Aniq bir misol keltiraman: Oʻzbekiston chegarasiga tutash Balx viloyatiga qilgan safarimizning ertasiga u yerdagi barcha qizlar maktabga chiqdi. Boshqa viloyatlar ham shunga ergashdi. ʻTolibonʻ ayollarni taʼlim, tibbiyot va boshqa sohalarda ish bilan taʼminlashga vaʼda bermoqda», — deydi tashqi ishlar vaziri.