Bugun Tashqi ishlar vazirligida mehmonni Vazir Abdulaziz Komilov qabul qildi.

Qayd etilganidek, Oʻzbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga eʼtibor qaratmoqda.

Nepal tomoni boʻlajak konferensiyaga katta qiziqish bildirilayotgani va uning natijalari ikki mintaqaning yana-da yaqinlashishiga xizmat qilishini alohida taʼkidladi.