“Bu yaxshi holat, chunki ular ancha talabchan, odatda tanqidiy yondashadi va boshlanishiga ishonchsizlik bildirishgandi. Masalan Roy Kin hamyurtimizning egoga berilmaydigan, kameraga ishlamaydigan, murabbiy orzusidagi futbolchi deb atadi” — deb yozadi D.Fayziyev.
D.Fayziyev ta’kidlab o‘tgan tahlil "Green Time" telegram kanalida berilgan bo‘lib, Abduqodir Husанов bugungi kunda himoyachilar orasida sof himoya mexanikasiga tayanadigan futbolchi sifatida alohida ajralib turganini ta’kidlashdi.
“Pep Guardiola yana bir bor mashg‘ulot jarayoni orqali o‘yinchini mutlaqo boshqa darajaga olib chiqishini ko‘rsatmoqda.
Husанов muntazam o‘sib bormoqda: u endi hujumchini sabr bilan kuzatadi, ortasida bo‘sh hudud qoldirmaydi va raqib ortiqcha tega boshlagandagina to‘pga hujum qiladi. Shu sababli uni birga bir vaziyatlarda aldash juda qiyin. Shu bilan birga, uning yuqori tezlik sifatlari ham katta ustunlik beradi — har qanday vinger ham undan qochib ketolmaydi.
Uzoq masofadagi yuqori tezlik, kuchli birinchi qadam va yaxshi koordinatsiya unga yuqori himoya chizig‘ida ishonchli o‘ynash imkonini beradi. Agar raqib bo‘sh hudud topsa ham, Husанов sprint orqali pozitsiyasini tezda tiklay oladi.
Roy Keane: “Har qanday murabbiy orzu qiladigan futbolchi. Hech qanday ego yo‘q, kameralar uchun o‘yin ham yo‘q.”
Eng muhimi, Husанов mental jihatdan ham ancha o‘sdi. U to‘p bilan ham, jahon futbolidagi eng kuchli vingerlarga qarshi duellarda ham endi shoshilmay, hotirjam harakat qilmoqda”, – deyiladi postda.