Abu Ali ibn Sino haqidagi filmning syomka jarayonlari boshlandi

    Buxoroda tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino haqidagi “Ibn Sino. Sharq va Gʻarb oʻrtasida” hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi.

    Ushbu kinoloyiha Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi, AQSHning “V&Co LLC” kompaniyasi va Italiyaning "Associazione Circles Squared” assotsasiyasi buyurtmasiga asosan suratga olinmoqda.

    Filmning Italiyadagi suratga olish ishlari yakuniga yetgan boʻlib, hozirda syomka jarayonlari Buxoroda davom etmoqda.

    Maʼlumot uchun, Italiyaning Boloniya universiteti kutubxonasida Ibn Sinoning noyob “Tib qonunlari” asarining ibroniy tilidagi toʻliq tarjima qoʻlyozmasi mavjud.

    Ushbu qoʻlyozma XV asrning ikkinchi yarmiga tegishli. Olimning ushbu asaridan tibbiyot taʼlim muassasalarida, jumladan, Yevropa universitetlarida ham asosiy darslik sifatida foydalaniladi, deya xabar bermoqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati.