Kiberhujum joriy yilning 23-fevral kuni sodir etilgan boʻlib, hujum natijasida, 160 GB ichki maʼlumotlar va texnik hujjatlarga buzib kirilgan.
Xakerlar qoʻlga kiritgan maʼlumotlar orasida texnik qoʻllanmalar, dasturiy vositalarning texnik xususiyatlari, ichki infratuzilma tafsilotlari, shuningdek, smartfon, planshet va noutbuklarning “BIOS” maʼlumotlari, “ROM” va “ISO” fayllari mavjudligi taʼkidlangan.