Baland togʻyon bagʻrlarida joylashgan 9 mingdan ortiq aholiga ega Miraki shaharchasi tuman markazidan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan boʻlib, bu yerdagi aholi davlat xizmatlarini olishda bir muncha qiyinchiliklarga duch kelayotgan edi. Davlat xizmatlari markazi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi sayyor qabul shu yerlik aholining ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qildi.

Shahrisabz tuman (shahar)  adliya boʻlimi, tuman Davlat xizmatlari markazi, tuman (shahar) FHDYO boʻlimi va viloyat adliya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tuman markazidan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan Miraki MFY va Amir Temur MFY hududida faoliyat yuritayotgan oilaviy mehmon uylari tashkil etish boʻyicha tadbirkorlar uchun sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabul jarayonida davlat roʻyxatidan oʻtish boʻyicha markaz xodimlari tomonidan 30 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi, 1 ta xorijga chiqish pasporti sayyor tartibda oʻz egasiga topshirildi.

Shu kuni 9 ta oilaviy korxonaning hujjatlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi va oʻz egalariga topshirildi.