Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi 400 dan ortiq notariuslar, ekspert YEHXT va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xodimlari “ZOOM” dasturi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etishdi.

Yigʻilishda davlat notarial idoralar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish tartibi, jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirish 
va terrorizmni moliyalashtirishga maqsadida notarial harakatlarni amalga oshirish xavf-xatar darajasini aniqlash, baholash va kamaytirish choralarini koʻrishning oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha hamda 2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini oʻzaro baholash tartiblari muhokama qilindi.

Notariuslarga ular tomonidan qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etgan holda ish faoliyatini olib borishi, notariuslar operatsiyalarni amalga oshirilganda mijozlarni lozim darajada tekshirish, ular tomonidan mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarning amalga oshirilishida tavakkalchilik darajasini aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish va maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonun hujjatlariga alohida eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan tushuntirish berildi.

Videokonferensiyada notariuslar faoliyati doimiy nazoratda ekanligi, ularning harakatlari muntazam monitoring qilib borilayotganligi maʼlum qilinib, oʻz faoliyatini qonun hujjatlari talablari asosida tashkil etishlari lozimligi taʼkidlab oʻtildi.

Adliya vazirligi

jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi