Unga koʻra, mazkur farmonni Afgʻoniston amiri shaxsan imzolagan, tashabbus esa Ezgu ishlarni targʻib qilish va yovuzlikning oldini olish vazirligi tomonidan ilgari surilgan.
Tolibon rasmiylari shaxmatni tasodiflarga asoslangan va islom diniga toʻgʻri kelmaydi deb hisoblagan.
Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 9-may kuni afgʻonistonlik shaxmatchilar mamlakatdagi Sport va jismoniy tarbiya boʻyicha departamentga murojaat qilib, shaxmat oʻynashga ruxsat berishni, shuningdek, toʻgaraklar va musobaqalar tashkil etish uchun moliyaviy yordam ajratishni soʻrashdi. Biroq “Tolibon” hokimiyati tomonidan tuzilgan departament vakillari bu sport turi amir farmoni bilan “harom” deb topilgani va Afgʻoniston shaxmat federatsiyasi faoliyati butunlay toʻxtatilganini maʼlum qildi.