Mazkur hodisa oqibatida 280 kishi halok boʻlgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, Afgʻonistonning Paktika va Xost viloyatlaridagi zilzila oqibatida 280 kishi halok boʻlgan, 600 nafardan ortiq aholi jarohatlangan. Halok boʻlganlarning aksariyati Paktika viloyatida boʻlgan.
Avvalroq 6,1 balli zilzila kuchi Oʻzbekistonning 4 viloyatida qayd etilgani, xususan Surxondaryo viloyatida sezilish kuchi 3 ball boʻlgani haqida xabar bergan edik.